Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2022   Sport

Hindistonda o‘tkazilgan 44-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi chempioni - O‘zbekiston jamoasi Toshkentga qaytib keldi

TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempion bo‘lgan O‘zbekiston jamoasi Toshkentga qaytib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


G‘olib jamoa aʼzolari mamlakatimizning havo darvozasi - Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Tadbir chog‘ida Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmatchilarga O‘zbekiston Prezidenti tabrigini yetkazdi va mukofotlarni egalariga topshirdi.

Chempionlikni qo‘lga kiritgan erkaklar jamoasi vakillari — Jahongir Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov 600 mln so‘mdan pul mukofoti, Equinox avtomobili hamda «O‘zbekiston iftixori» medali bilan taqdirlanishdi.

188 ta davlat jamoalari ishtirokida o‘tgan musobaqada 31-o‘rinni qo‘lga kiritgan ayollar jamoasi aʼzolari — Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Maftuna Bobomurodova va Afruza Hamdamova «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.

Shuni alohida qayd etish joizki, O‘zbekiston erkaklar jamoasi tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz mazkur  turnir davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Mavzuga oid

16-25 aprel kunlari Toshkentda og‘ir atl...

16-25 aprel kunlari poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qila...

Ravshan Ermatov ispaniyalik taniqli futb...

Ispaniyaning «Racing City Group» kompaniyasi rahbari Morris Panyello va taniqli futbol yul...

Chendu-2021 butunjahon yozgi Universiada...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vakillari Chendu-2021 Butunjahon yozgi Universiada ...

So`nggi yangiliklar