Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Hindiston ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar keng yoritilmoqda

 DEHLI, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Hindistonning «Political Events» siyosiy-tahliliy jurnali va “BW-BusinessWorld” onlayn-portalida «O‘zbekistonda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«Political Events» siyosiy-tahliliy jurnali bosh muharriri Mohad Xan  qalamiga mansub maqolada O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha davom etayotgan umumxalq muhokamalari batafsil tahlil qilingan.

 Nashrda bugungi kunda butun dunyoda keskinlik va raqobat ortib borayotgan bir sharoitda do‘stona tashqi siyosat va parlament demokratiyasini rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsion muhitni yana-da yaxshilash zarurligi anglangan holda, mamlakat Konstitutsiyasiga keng ko‘lamli o‘zgartirishlar kiritish taklif qilingani taʼkidlangan. «Ushbu o‘zgartishlar jarayonida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taʼkidlab o‘tilgan to‘rt ustuvor yo‘nalish: inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati; “ijtimoiy davlat” tizimini to‘liq shakllantirish; erkin va adolatli fuqarolik jamiyatni rivojlantirish, jumladan mahalla tuzilmasi mavqeini yana-da oshirish; insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish, xususan, davlat organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlik asosida boshqaruvda samaradorlikni taʼminlash kabi qator muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi», deb yozadi muallif.

Maqolada joriy yil 25-iyun kuni ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasini eʼlon qilingani qayd etilgan. «Mazkur loyihaga ko‘ra, asosiy Qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilmoqda. Loyiha 25 iyun - 5 iyul kunlari umumxalq muhokamasi uchun ochiq bo‘ladi, - deb taʼkidllaydi hind OAV. - Muhokama natijalari Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, umumlashtiriladi, tegishli takliflar asosida loyiha yana-da takomillashtirilib, keyinchalik umumxalq referendumiga taqdim etiladi».

 Muallif Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, jumladan, mamlakatda qulay ishbilarmonlik va investitsion muhitni taʼminlash, halol raqobatni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlar uchun har qanday qonuniy faoliyatni amalga oshirish va cheklanmagan miqdorda foyda olish huquqini berish kabilarni o‘z ichiga olishi haqida maʼlum qilgan.

Shuningdek, qonun loyihasida davlat organlari, davlat boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish, Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash va boshqa muhim o‘zgarishlarni ko‘zda tutuvchi qoidalar nazarda tutilgani qayd etilgan.

Taʼkidlash lozimki, joriy yil 20-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashdi va konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida to‘rtta ustuvor yo‘nalishiga eʼtibor qaratish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi, deydi hind jurnalisti.

«Ular inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini taʼminlash,  «O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyilni mustahkamlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyati rivojlantirish va  O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish masalalaridir», deb eʼtibor qaratadi muallif.

Maqola intihosida «Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalarni referendum yo‘li bilan qabul qilish masalasini ham ko‘rib chiqishni taklif qildi», deb yozadi hind nashrlari.

 

Mavzuga oid

Koreya Respublikasining O‘zbekiston fuqa...

Koreya Respublikasidagi bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan Islom dinining asl mohiyati to‘g...

O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartishla...

Turkiyaning www.vestiturkey.com veb-saytida «Referendum – O‘zbekiston uchun yangi davr» s...

O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohot...

Amerika-Pokiston «The Frontier Post» kundalik gazetasi saytida «O‘zbekiston inson huquqlar...

So`nggi yangiliklar