Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2022   Sport

Hamyurtimiz Marina Xmelevskaya «Rimi Riga Marathon-2022» xalqaro marafonida kumush medalni qo‘lga kiritdi

 


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. Latviya poytaxti Riga shahrida o‘tkazilgan «Rimi Riga Marathon-2022» xalqaro marafonida hamyurtimiz Marina Xmelevskaya kumush medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, bu mamlakatimiz tarixida ayollar marafonidagi ikkinchi yuqori natija sifatida qayd etildi. So‘nggi bor 1984 yil Litvada o‘tgan sobiq ittifoq miqyosidagi musobaqada Nadiya Usmanova 2:30:36 vaqt bilan o‘zbekistonlik marafonchi qizlar rekordini o‘rnatgan edi.

Marina Latviyadagi musobaqada 2:33:19 ichida marraga yetib kelgan. Qayd etish joizki, hamyurtimiz poyga davomida mazkur yo‘nalishda yetakchi sifatida eʼtirof etilgan afrikalik, amerikalik, shuningdek, yevropalik raqibalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

76 mamlakatdan atletlar o‘zaro kurash olib borgan Riga marafonida   marraga birinchi bo‘lib Efiopiya vakili Mekuriya Zennebe yetib keldi.  

Mavzuga oid

Elnur Abduraimovda ham Tokio yo‘llanmasi...

Ummon shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha “Tokio–2020” Olimpiada litsenziya musobaqalar...

Turkiy Kengash bosh kotibi Turkiya Super...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov kecha Turkiy t...

Belarus 2023 yilda II MDH o‘yinlarini o...

2023 yil 3-15-avgust kunlari Belarusda sportning 20 turi bo‘yicha II MDH o‘yinlari bo‘lib...

So`nggi yangiliklar