Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Dolzarb

Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi juda muhim voqeadir

FRANKFURT-MAYN, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Germaniyadagi «Jura One» huquq maktabining rahbari Zyoren Kroll O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlari yuzasidan “Dunyo” axborot agentligiga quyidagi fikrlarini bildirdi:


- Ushbu muhim voqea mamlakatlar o‘rtasida juda foydali bo‘lgan o‘zaro hamkorlikning yangi davrini boshlab bermoqda. Taʼkidlash joizki, bu O‘zbekiston Prezidentining so‘nggi 30 yil ichida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega va O‘zbekistonni barqaror rivojlantirish yo‘lidagi ulkan maqsadlarni sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan Yaqin Sharqning ushbu yirik  mamlakatiga buyurilgan birinchi ikki tomonlama tashrifidir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning tizimini diversifikatsiya qilish borasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar ekanligini taʼkidlash lozim.

O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha 14 milliard dollardan ziyod miqdorda energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, transport singari sohalardagi imzolangan shartnomalar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

Umuman olganda, tashrif ikki tomonlama munosabatlar uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning natijalari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va puxta o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishi aniq.

Mavzuga oid

Matilda Dimovska: BMT Taraqqiyot dasturi...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-yubile...

Malayziya bilan davlat boshqaruvi va kad...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DXRA del...

Isroil elchisi Zexavit Ben Xillel: O‘zbe...

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavit Ben Xillel O‘zbekiston Prezidentining Oliy Maj...

So`nggi yangiliklar