Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Germaniyadagi yetakchi tibbiyot klinikasi O‘zbekiston bilan tajriba almashishga tayyorligini maʼlum qildi

BERLIN, 28 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari «DRK Kliniken Berlin» klinikasi vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ushbu klinikaning Berlindagi to‘rtta shifoxonada har yili 200 mingdan ortiq bemor daʼvo topmoqda.

«DRK Kliniken Berlin» ichki organlar kasalliklarining turli xil klinik shakllari va ko‘rinishlarini diagnostikalash, davolash, oldini olish va reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan.

Muzokaralar chog‘ida Germaniya klinikasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Germaniya vakili O‘zbekistonda tibbiyot sohasini isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni eʼtirof etdi. Xususan, O‘zbekiston hukumatining tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni kuchaytirish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek, kasb tayyorgarlik darajasini oshirish istagini alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan sheriklar Germaniyaning eng yaxshi tajribasini o‘zbekistonlik hamkasblariga o‘rgatish va tajriba almashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha «DRK Kliniken Berlin»  ekspertlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Safar dasturida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qilish, oliy bilim yurti talabalari uchun maʼruza o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid

Vashingtonda AQSH Kongressidagi “O‘zbeki...

8-iyun kuni Vashington shahrida AQSH Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha Kokus»ning ikkinc...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi ...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi Yevropa mamalakatlariga chiqishni rejalashtirayotg...

Ashxobodda Alisher Navoiy tavalludining ...

Turkmaniston poytaxtida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi muno...

So`nggi yangiliklar