Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Noyabr/2022   Sport

Germaniyada o‘zbek kurashini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

FRANKFURT-MAYN, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbek kurashini halqaro maydonda keng targ‘ib etish, xorijliklarni o‘zbek milliy sporti bilan yaqindan tanishtirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida joriy yil 28 noyabr kuni „Eintracht“ sport klubining “Erkin kurash” bo‘limi boshlig‘i Luts Xan (Lutz Hahn) va “Xumo” o‘zbek-olmon jamiyati raisi Odiljon Holiqboyev bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat avvalida xorijlik hamkor joriy yilning may oyida Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan kurash turniri keng aks-sado bergani haqida so‘zlar ekan, nemis sport klublari va muxlislari tomonidan Frankfurt-Mayn shahrida sportning kurash turi bo‘yicha to‘garaklar ochish yuzasidan ijobiy fikr va murojaatlar kelib tushganini maʼlum qildi.

O‘z navbatida, Bosh konsulxona “Eintracht” sport klubida mavjud bo‘lgan imkoniyat va infratuzilmani inobatga olib, ushbu muassasa bazasida Kurashni keng qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sport shoʻbasini shakllantirish g‘oyasini o‘rtaga tashladi.

 Bu yo‘nalishda nemis sport klubi va Germaniya kurash federatsiyasi rahbariyati O‘zbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikning huquqiy tomonlarini mustahkamlash maqsadida tegishli memorandum yoki kelishuvni imzolashi taklif etildi.

Shu bilan birga, Luts Xan o‘zbekistonlik professional murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida Germaniya kurash assotsiatsiyasi vakillari uchun “mahorat darslari” va treninglar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lishini aytdi.

Bundan tashqari, u o‘z klubi va O‘zbekiston sport klublari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, delegatsiyalar almashuvini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ham taklif qildi.

Suhbat yakunida Germaniyalik hamkorlar ko‘tarilgan masalalarni muhokama qilish uchun Xalqaro kurash assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillarining onlayn uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Lozannada qishki sport turlarini O‘zbeki...

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchilari Iskandar Shodiyev hamda S...

Navoiy shahrida Xalqaro shaxmat maktabi ...

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega...

Yaponiyada o‘zbek sportchilarini kutishm...

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zbek...

So`nggi yangiliklar