Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Dekabr/2020   Jamiyat

Gender tenglik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi forum o‘tkazildi

 TOSHKENT, 29-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT)ning O‘zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida 24-26 dekabr kunlari «Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun odam savdosi, majburiy mehnat va gender tenglik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi» forumi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Senat axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, forumda ishtirokchilar jamiyatda xotin-qizlarning mehnat qilish, ularning mavqeini oshirish, ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga eʼtibor qaratishdi.

Shuningdek, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilgani taʼkidlandi.

Tadbir davomida gender tenglik muhim jihatlari, bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlili, migratsiyaning global va mintaqaviy trendlari, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyasi, tashqi migratsiyani tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati va jamiyatimiz uchun dolzarb bo‘lgan bir qancha masalalar muhokama qilindi. Xususan, «Ayollar migratsiyasi», «Odam savdosining oldini olishda NNTning roli», «Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida gender tenglikning ahamiyati» va boshqa mavzulardagi suhbatlarda hayotimizga soya tashlayotgan odam savdosi muammolari atroflicha tahlil etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ikki marta yer silkinishi ...

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumo...

Mahalla instituti – O‘zbekistonda xalq d...

Mahalla instituti – O‘zbekistonda xalq diplomatiyasini rivojlantirishning muhim mexanizmi....

Bugungacha BAAdan 1 ming 280 nafar vatan...

Bugungi kunga qadar 1 ming 280 nafar yurtdoshimiz BAAdan charter reyslar orqali Vatanga ol...

So`nggi yangiliklar