Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

Gemaniyadagi vatandoshlar: Davlat ramzlari erkinligimiz va dunyo hamjamiyatida o‘z ajralmas o‘rnimiz borligining timsollaridir

 BERLIN, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tilaklarini bildirdi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Izzat Xushbakov, Berlindagi Bergxof fondi tadqiqotchisi:

-Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan. Vatanning yorqin timsolidir.

Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon - sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir. Respublikamiz davlat bayrog‘idagi ramzlar O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elatning anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdikdangan Davlatimiz gerbi bu yil 30 yoshga to‘ldi.

Biz chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar millatimiz, kelib chiqishimizdan qatʼiy nazar doimo o‘z davlat ramzlarimiz bilan faxrlanamiz. Ular bizning g‘ururimiz, erkinligimiz va dunyo hamjamiyatida o‘z ajralmas o‘rnimiz borligi timsollaridir.

Aziz vatandoshlar barchangizni chin ko‘ngildan tabriklayman. Oilalaringizdan sog‘lik, tinchlik-totuvlik va baxt-saodat arimasin. Mustaqilligimiz abadiy, davlatchiligimiz mustahqam va osoyishtaligimiz bardavom bo‘lsin.

Rahmatilla Ergashev, Gamburg shahridagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxona xodimi:

-O‘zbekiston xalqining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlash etgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, o‘ziga xos va o‘ziga mos davlat ramzlaridan biridir. Gerbimiz ham O‘zbekistonimiz kabi betakror. Undagi har bir tasvir, hatto har bir chiziqda mamlakatimiz salohiyati, xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassam.

Bu yil O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining
30 yilligi munosabati bilan barcha vatandoshlarimizni Germaniyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar nomidan tabriklayman. Barchangizga sog‘lik-omonlik, sihat-salomatlik tilayman.

Mavzuga oid

Tailanddagi vatandoshlar Davlat gerbi ku...

Tailandda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida ...

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘ala...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamda Mudof...

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zbek mak...

Nyu-York shahrida faoliyat olib borayotgan «Ziyo Art» o‘zbek maktabida o‘zbek mumtoz adabi...

So`nggi yangiliklar