Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Gamburgda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

FRANKFURT-MAYN, 30 may. /“Dunyo” AA/. Gamburgda mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Germaniyaning «Jura One» huquqshunoslik maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga  bag‘ishlangan taqdimot tashkil  etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir O‘zbekiston Prezidentining 2-3 may kunlari Germaniyaga buyurgan tashrifi yakunlari, shuningdek, mamlakatimiz  Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum munosabati bilan o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor nemis ishbilarmon doira vakillari, mamlakatimizda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan kompaniyalar vakillari qatnashdi.

– Keyingi yillarda nemis biznesining O‘zbekistonga qiziqishi sezilarli darajada oshdi, – dedi Gamburgdagi huquqshunoslik maktabi direktori Zyoren Kroll. – Mamlakat hamkorlikka ochiq, zamonaviy texnologiyalar, bilim, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, sarmoyalarni jalb etishga eʼtibor qaratilayotganini ko‘rayapmiz. Biz O‘zbekistonni sarmoya, tajriba va bilim bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Mustaqil huquqshunos Yan-Feliks Shaperdot, o‘z chiqishida juda qiziqarli taqdimot bo‘lib o‘tganini, unda ko‘plab nemis tadbirkorlari faol ishtirok etganini taʼkidladi.

- Biz O‘zbekistonni nafaqat iqtisodiy tomondan, balki, mamlakatning yuqori salohiyatli kadrlari borligi, IT sohasi jadal rivojlanayotgani, respublika innovatsiyalar manbai ekanligi  haqida bilib oldik. Aalbatta, ushbu omillar hamkorlikning yangi nuqtalarini topish uchun bizga qiziqarli bo‘lishi mumkin,- dedi u. - Bundan tashqari, hamkorlikning umumiy qiziqarli yo‘nalishlari, birinchi navbatda sayyohlik va o‘zaro bog‘liqlik o‘zaro munosabatlarda yangi ufqlarni ochadi.

Mavzuga oid

Olmaotada “Ona tilim – iftixorim” mavzus...

Mamlakatimizning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi binosida O‘zbekiston yoshlari Umumjahon ass...

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi...

O‘zbekiston Bosh konsulligi ko‘magida joriy yil 16-21 may kunlari Toshkent shahri hokimini...

O‘zbekiston elchisi Hindiston Saylov kom...

Mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov Hindiston Saylov komissiyasi raisi Sunil Arora bilan u...

So`nggi yangiliklar