Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Oktabr/2021   Ta'lim

G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


OQTOV, 11-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Otabek Tursinbekov G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti prorektori Ayanbek Abekeshev va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti prorektori Otabek Alimov bilan uch tomonlama videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-muloqot chog‘ida G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universitetida tahsil olayotgan vatandosh-talabalarning O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirokini ta’minlash hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bosh konsul Qozog‘iston vakillarini O‘zbekistonda joriy yil 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan Prezident saylovi kampaniyasining borishi va uni o‘tkazish tartiblari bilan tanishtirdi. Shuningdek, 16 oktabr kuni Uralsk shahridagi Qozog‘iston xalq assambleyasi binosida muddatidan oldin ovoz berishi jarayoni o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ayanbek Abekeshev ushbu universitetda O‘zbekistondan 17 nafar talaba tahsil olayotganini aytdi. G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti prorektori o‘zbekistonlik talabalarning muddatidan oldin ovoz berish jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashilishini bildirdi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala G‘arbiy Qozog‘iston innovatsiyalar va texnologiyalar universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘ldi.

Tomonlar universitetlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Mavzuga oid

Samarqand davlat universitetida Buyuk Br...

Kecha O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi tomonidan Samarqand davlat universiteti prore...

Germaniya Oliy o‘quv yurtlari xalqaro ha...

Ma’lumki, yurtimizda oliy ta’lim sohasida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, jumladan G...

Hindiston Milliy mudofaa kollejida O‘zbe...

Hindiston milliy mudofaa kollejida tahsil olayotgan O‘zbekiston mudofaa vazirligining harb...

So`nggi yangiliklar