Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Sport

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi

TOSHKENT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Futzal bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi quvaytlik raqiblari ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


Kecha tunda Quvaytda futzal bo‘yicha qitʼa kubogining chorak final bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu bosqichda  O‘zbekiston  terma jamoasi mezbon mamlakat jamoasiga qarshi bahs olib bordi.  Butun uchrashuv davomida tartibli harakat qilgan O‘zbekiston futzalchilari  raqibi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib,  turnirning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

Bahsda raqiblar darvozasini  Anasxon Rahmatov, Davron Choriyev va Husniddin Nishonov ishg‘ol qildi.

Endi Bahodir Ahmedov jamoasi 6 oktyabr kuni yarim finalda Yaponiya futzalchilariga qarshi maydonga tushadi.

 Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. 

Ikkinchi yarim finalda Tailand va Eron o‘zaro  kuch sinashadi.

Mavzuga oid

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 202...

XXR Raisi Si Szinpin taklifiga binoan, 4 fevral kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimp...

Osiyo stol tennisi ittifoqi O‘zbekistond...

Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU) O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga grant ajratdi...

Karate bo‘yicha barcha yosh toifalaridag...

2022 yida bo‘lib o‘tadigan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha barcha yosh toifalaridagi Os...

So`nggi yangiliklar