Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Mart/2023   Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Hindiston ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi tafsilotlari hind OAV diqqat markazida

DEHLI, 29 mart. /“Dunyo” AA/. Hindistonning yetakchi bosma nashrlaridan  biri - «The Hindustan Times» gazetasida seshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Hindiston ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuviga bag‘ishlangan  maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«O‘zbekiston futbolchilari Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida qo‘shib berilgan vaqtda gol urib, Hindistonni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Tomas Dennerbi shogirdlari bor kuchlari bilan kurashdi va 2:2 hisobidagi durangga erishishi mumkin edi. Ammo qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida Kamila Zaripova tomonidan berilgan kuchli va aniq  zarba ularning umidini puchga chiqardi», - deb yozadi gazeta.

Nashr kurashlarga boy tarzda kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi  tafsilotlarini batafsil bayon qilgan.

«Ko‘k yo‘lbarslar» o‘yin boshida o‘zlarini uyidagidek his qildi. Oltinchi daqiqada Anju Tamang o‘zbekistonlik o‘ng qanot himoyachisini ortda qoldirdi hamda Maftuna Jonimqulova qo‘riqlayotgan davozaga chap oyog‘ida kuchli zarba berdi. Biroq to‘p darvozaning uzoq burchagiga aniq yetib bormadi.

Keyingi daqiqalarda mezbonlar tashabbusni o‘z tomoniga og‘dira oldi. Hujumlarning aksariyatini Lyudmila Karachik boshlab berdi. U to‘pni darvoza oldida turgan Diyora Habibullayevaga aniq yetkazdi va uning zarbasi samarali yakunlandi», - deyiladi maqolada.

 Sharh muallifi qiziqarli kechgan bahs golli vaziyatlarga boy bo‘lganini taʼkidlagan. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasidan Diyora Habibullayeva, Lyudmila Karachek (penalti) va Kamila Zaripova, hindistonliklardan esa Dangmey Greys va Indumati Katiresan gol urgani maʼlum qilingan.

Maʼlumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Hindiston ayollar terma jamoalari maydonda tez-tez uchrashib turadi. 2021 yil aprel oyida Olmaliqda o‘tgan o‘yin O‘zbekiston terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. 2019 yil avgust va sentyabr oylarida raqibalar yana Toshkentda uchrashigan. Ushbu bahslarda 5:1 va 1:1 hisoblari qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari boks ...

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bosqich...

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekiston davla...

Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Kan Je Kvon O‘zbekiston davlat jismoniy t...

O‘zbekistonda Olimpiya haftaligi boshla...

Ertaga, 23 iyun kuni butun jahon bo‘ylab Xalqaro olimpiya kuni nishonlanadi. Jumladan, O...

So`nggi yangiliklar