Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Hamkorlik

«Fransiya-Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhi O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi

PARIJ, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Fransiya Senati huzuridagi «Fransiya-Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhi rahbari Erve Morey va guruh aʼzolari, senatorlar Andre Rishar, Aandre Vallini bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida senatorlar eʼtiboriga O‘zbekistonda fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, 2023 yilida, yaʼni «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da eʼlon qilingan islohotlar hamda «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ning asosiy qoidalariga alohida urg‘u berildi.   

O‘zbekiston rasmiy vakili ikki tomonlama munosabatlarga to‘xtalib, parlamentlararo hamkorlikni yana-da jadalashtirish, turli tadbirlar, o‘zaro tashriflar, jumladan, O‘zbekiston Senati delegatsiyasining Fransiyaga tashrifini tashkil etish singari qator takliflarni ilgari surdi.

«Fransiya - Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhi rahbari Erve Morey respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni ijobiy baholadi. «Men O‘zbekistonga tashrifim davomida amalga oshirilayotgan islohotlarga bevosita guvoh bo‘ldim. Bugungi kundagi muvaffaqiyatlar yaqqol ko‘rinib turibdi va ular tahsinga sazovordir», dedi u.

Fransiya Senati aʼzosi konstitutsiyaviy islohot masalasiga to‘xtalar ekan,  jamiyatni demokratlashtirish yo‘lidagi asosiy vazifa demokratik islohotlarni yana-da rag‘batlantirish, mamlakatni muvaffaqiyatli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirish maqsadida Asosiy qonunni takomillashtirishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

E.Morey, shuningdek, O‘zbekiston yetakchisining  2022 yil noyabr oyida Fransiyaga buyurgan tashrifi natijalariga to‘xtalib, ushbu oliy darajadagi tashrif doirasida tashkil etilgan Luvr muzeyi va Arab dunyosini o‘rganish institutidagi ko‘rgazmalar O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga turtki bo‘lishini qayd etdi.

«Fransiya-Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhi aʼzosi, senator Andre Rishar O‘zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatiga yuqori baho berib, Markaziy Osiyoda tinchlik va xotirjamlikni saqlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni olqishladi. «Ilgari respublikaning qo‘shni davlatlar bilan chegara va suv muammolari mavjud edi. Bugungi kunga kelib mamlakat rahbariyatining faol ishtirokida bu boradagi siyosat tubdan o‘zgardi», dedi senator.

Uning aytishicha, konstitutsiyaviy islohot O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tub islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Andre Rishar, shuningdek, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament va siyosiy partiyalar rolini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuksak baholadi.

Senator Aandre Valli, o‘z navbatida, mazkur uchrashuv uning O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini yana-da oshirganini qayd etdi. «So‘nggi yillarda o‘zining muhtasham meʼmoriy yodgorliklari va madaniy merosi bilan insonlarni o‘ziga jalb etuvchi bu go‘zal mamlakatga borishni orzu qilaman. O‘zbekiston institutsional islohotlarning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Konstitutsiyaviy islohot mamlakatni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasining ishonchli asosi, respublikada amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning huquqiy poydevori bo‘lishi kerak», dedi u.

Mavzuga oid

Jahon banki O‘zbekistonda BPO markazlari...

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon banki vak...

Xitoy kompaniyasi Bo‘stonliq tumanida d...

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirli...

O‘zbekiston delegatsiyasi Kaspiy qurilis...

“Texnopark” kompaniyasi «Rebuild Karabakh» II xalqaro ko‘rgazmasi, “BakuBuild” 27-xalqaro ...

So`nggi yangiliklar