Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Sport

Fotolavhalar: O‘zbekiston bo‘ylab «Yangi Nafas» yugurish musobaqasi o‘tkazildi

 TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun mamlakatimizning sakkizta shahrida Yoshlar kuni va Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan «Yangi Nafas» yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz» shiori ostida Toshkent, Chirchiq, Guliston, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Samarqand va Shahrisabzda 25 ming nafardan ziyod ishtirokchi yugurish bahslarida qatnashdi. 


Poytaxtimizdagi yugurish musobaqalariga «Humo Arena» majmuasi maydonida start berildi.

Oksana Chusovitina, Shahram G‘iyosov, Asal Saparbayeva, Ravshan Ermatov, Dilshod Sobirov, Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev kabi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, jahon va qitʼa chempioni bo‘lgan sportchilarning yugurish musobaqasida qatnashganligi yoshlarda, aholi vakillarida sog‘lom turmush tarziga qiziqishni yana-da oshirdi.

Tadbirning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari ishtirokchilarga omad tiladi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax atletlarga onlayn tabrik yo‘lladi. 

Qiziqarli va o‘ziga xos tarzda o‘tgan yugurish musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Asosiy o‘rinlardan tashqari, tashkilotchilar tomonidan «G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yoshi katta ishtirokchi» nominatsiyalari bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi. 

Quyida “Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov tomonidan  ushbu yugurish musobaqalarining eng hayajonli lahzalaridan olingan  suratlar eʼtiboringizga havola etilmoqda.

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan futbol bo‘y...

2022 yil 1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempio...

Denis Istomin AQShdagi turnir finaligach...

Tennis bo‘yicha yurtimizning birinchi raqamli raketkachisi Denis Istomin ayni paytda AQShd...

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqic...

Kecha Shveysariyaning Jeneva shahrida Yevropa Chempionlar ligasining 2020/21-yilgi mavsumi...

So`nggi yangiliklar