Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2022   Dolzarb

Folker Tyurk: Taʼlim yoshlar uchun qulay va zarur bir vosita bo‘lib, ular shu orqali jamiyat hayotini yaxshilashga munosib hissa qo‘shishadi

TOSHKENT, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Samarqandda «Inson huquqlari sohasida taʼlim» Global forumi davom etakyotir, deb xabar qilmoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Samarqand Global forumi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida inson huquqlari sohasidagi taʼlim insoniyat oldidagi qiyinchiliklarni yengishga ko‘makashishini va yoshlarga bu sohada berilgan puxta taʼlim ularning fuqarolik faolligini oshirishini taʼkidladi.

-Navqiron avlod vakillari shuning asosida hayotda ko‘p yangiliklarni kashf etishadi. Ular o‘z iqtidorining yangi qirralarini ochadi, do‘stlar orttiradi va o‘zlarining jamiyat hayotiga qanchalik daxldor insonlar ekanini chuqur his etadi, - dedi  Folker Tyurk. - Maktab davri va maʼrifat maskanida olingan taʼlim yoshlarning gullab-yashnashi va gurkirab voyaga yetishlari uchun hayotbaxsh poydevor bo‘ladi. Yana shunga ham ishonamizki, bunday yoshlar o‘zlarining izlaridan kelayotgan avlod maktabga borishi, taʼlim olishi mumkin bo‘ladigan, hozircha bizning orzu va maqsad-muddaomiz bo‘lib turgan maʼrifatli dunyoni yaratadilar.

Taʼlim yoshlar uchun qulay va zarur bir vosita bo‘lib, ular shu vosita bilan jamiyat hayotini yaxshilashga munosib hissa qo‘shadilar. Shuning uchun biz ham yoshlar o‘z huquqlari va o‘zgalarning huquqlari – barchamizning huquqlarimizni qatʼiy himoya qilishga qodir avlod bo‘lib kamol topishlari uchun ularga zarur darajada taʼlim berishimiz shart.

Inson huquqlari sohasidagi taʼlim butun umr davomida o‘qitilishi, muntazam malaka oshirib borilishi va o‘rganilgan bilimlar amalda qo‘llanishi talab etiladigan o‘ziga xos taʼlim sohasidir. Zero, taʼlim olish hech qachon yosh tanlamaydi.

Butun dunyoda insonlar nizo va zo‘ravonliklar, kamsitish va bo‘htonlar, haqorat va tuhmatlar, qashshoqlik va qimmatchilik kabi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan, eng muhimi, sayyoramizda yashaydigan har birimizga taalluqli bo‘lgan ko‘plab muammolarga duch kelishi ayon haqiqatdir. Inson huquqlari sohasidagi taʼlim ana shu muammolarni yengishga yordam beradi. Bunday taʼlim sohasi oldimizda turgan dolzarb masalalarga yechim topishimiz uchun bizga zarur axborot, ko‘nikma va vositalarni taqdim etadi.

Bundan 10 yil muqaddam BMT Bosh Assambleyasi Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya deklaratsiyasini qabul qilar ekan, BMTga aʼzo davlatlar inson huquqlari sohasidagi taʼlim xalqaro hamjamiyat bilan barcha davlatlar zimmasiga inson huquqlari sohasida yuklangan qo‘shimcha vazifa emas, balki bu sohadagi eng ustuvor masala ekanini alohida taʼkidlagani bejiz emas. Bizning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari ofisi mazkur Deklaratsiyaning bajarilishi uchun masʼul hisoblanadi.

Biz inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya bo‘yicha samarali har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz. Butun dunyoda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda milliy va mintaqaviy darajalarda inson huquqlari sohasida turli taʼlim treninglarini o‘tkazish muhim vazifalarimiz sirasiga kiradi. Global ko‘lamda esa barcha mamlakatlar bu borada o‘zaro tajriba almashishi va ilg‘or, bir-biridan ibratli amaliyotlarni o‘zlashtirishini taʼminlashga intilamiz.

Men O‘zbekiston hukumatining inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish hamda bu borada boshqa mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali saʼy-harakatlarini yuqori baholayman.

Mavzuga oid

Yevropa Ittifoqi bilan chegaralarni bos...

Kecha videokonferensiya shaklida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi ch...

O‘zbekiston Prezidentining nutqida dolza...

«Bir makon, bir yo‘l» tadqiqot instituti direktori Li Yunsyuan

O‘zbekiston salkam 136 ming tonna qovun ...

2022 yilning yanvar - noyabr oylari davomida O‘zbekiston dunyoning 16 mamlakatiga 33,2 mil...

So`nggi yangiliklar