04/Dekabr/2022 Jamiyat
TOSHKENT, 4 dekabr. /“Dunyo” AA/. 5-6 dekabr kunlari Camarqand shahrida o‘tkaziladigan “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumida turli davlatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tallin universiteti (Estoniya) Boshqaruv, huquq va jamiyat akademiyasi faxriy professori Reyn Myullerson sohaning taniqli xalqaro ekspertlaridan biridir. U mamlakatimiz bilan inson huquqlariga oid ilmiy va o‘quv ishlari sohasidagi samarali xalqaro hamkorligi uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoniga (O‘zbekiston) munosib topilgan.
Reyn Myullerson Global forum doirasida tashkil qilinadigan inson huquqlari sohasidagi taʼlim bo‘yicha “mahorat darslari”da maʼruza qilishi kutilmoqda.