Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Erondan munosabat: Yaqin kelajakda O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik hajmi bir necha barobar ortishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin

TEHRON, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. «Ala Tejarat Mahad Qabous» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, Eron yoshlar jamiyatining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Soleymon Xivechi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-4 oktyabr kunlari Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– O‘zbekiston rahbarining Vengriyaga rasmiy tashrifi har doimgidek mazmunli, tadbirlarga boy bo‘ldi, - dedi u. - Asosiy eʼtibor anʼanaviy tarzda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratildi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlardan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga tashrifining savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy tarkibiy qismi biznes-forum yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida erishilgan ko‘plab kelishuvlar bilan to‘ldirildi. O‘zbekiston va Vengriya vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, banklari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillarining “G2B” va “B2B” uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar qator ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, elektronika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va kimyo sanoati sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirishdan manfaatdorlik bildirdi. Yaqin kelajakda O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik hajmi yana bir necha barobar ortishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi bir necha yil ichida 3 barobar oshgani, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrifi chog‘ida YEI mamlakatlari ishbilarmon doiralari vakillarining Toshkent bilan faol hamkorlik qilishga qiziqishning yuqoriligi tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi ulkan salohiyatidan dalolatdir.

Mavzuga oid

ITB Boshqaruvchilar kengashining 46-yill...

Toshkentdagi Xalqaro kongress-markazida Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashinin...

O‘zbekistondagi gidrotexnika inshootlar ...

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov Yaponiyaning Kum...

Seulda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil...

Bugun Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan ...

So`nggi yangiliklar