Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Dekabr/2020   O’zbekiston dunyo nigohida

Erondan munosabat: O‘zbekiston va YEOII o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi kelajakda Eron bilan hamkorlikni kengaytirish uchun ham xizmat qiladi

TEHRON, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)da kuzatuvchi davlat rasmiy maqomini olishi Eron ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Xususan, mamlakatning “Irna”, «Fars News», “Tayninews”, “Eghtesaderussieh”, “Shomavaeghtesad”  axborot agentliklari va nashrlarida ushbu voqelik haqida materiallar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Eron OAVda eʼlon qilingan aksariyat maqolalarda YEOIIga aʼzo davlatlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi sammitida O‘zbekistonga kuzatuvchi maqomini berish bo‘yicha qabul qilingan qaror va Prezident Shavkat Mirziyoyevning yig‘ilishdagi murojaati chuqur tahlil etilgan.

Fors ommaviy axborot vositalari, shuningdek, O‘zbekiston parlamenti joriy yil may oyida mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlaganini eslatgan.

Shuningdek, Eron ijtimoiy-siyosiy va ekspert-tahlil doiralari vakillari ham bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Bahrom Amir Ahmadiyon, siyosatshunos, Tehron universiteti professori:

— Men O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgani bilan qutlayman. Ushbu tuzilmadagi kuzatuvchi maqomi mamlakatning YEOIIga aʼzo davlatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

O‘zbekiston YEOII kuzatuvchisi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi faoliyatida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Bu  tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, jumladan savdo-sotiqning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha meʼyoriy-huquqiy bazani rivojlantirishda qatnashish imkoniyatini beradi.

O‘z navbatida, YEOII kuzatuvchisi maqomi vaqt bilan chegaralanmagani O‘zbekistonga ushbu tashkilotga to‘liq aʼzo  bo‘lish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishdan oldin uning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish uchun sharoit yaratadi.

Eron - YEOII bilan munosabatlarini imtiyozli savdo to‘g‘risidagi muvaqqat shartnoma asosida yo‘lga qo‘ygan kam sonli davlatlardan biridir.

Mazkur hujjatga ko‘ra, bizning davlat YEOII mamlakatlariga 500 dan ortiq turdagi tovarlarni eksport qiladi va imtiyoz asosda 300 xildan ortiq mahsulotni import qiladi.

O‘zbekiston va YEOII o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi istiqbolda Eron-O‘zbekiston hamkorligini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Rahim Iskandariy, «Sanaye Rahsazi Amin Taj Pasargard Co.» kompaniyasi boshqaruvi raisi:

O‘zbekistonning YEOIIda kuzatuvchi maqomini olishi tashkilotga aʼzo davlatlar bilan barcha ustuvor yo‘nalishlarda aloqalarni yana-da mustahkamlashda muhim qadamdir.

O‘zbekistonga kuzatuvchi maqomining berilishi mamlakatda iqtisodiyot va ishbilarmonlik muhitini yana-da erkinlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Bu o‘zbek bozorini xorijiy investorlar, shu jumladan bizning kompaniya uchun yana-da jozibador qiladi.

Yashar Niyoziy, «ITNA News»  axborot agentligi  muharriri:

— O‘zbekistonning so‘nggi to‘rt yil ichida erishgan xalqaro imiji va ijobiy qiyofasi mamlakatga mintaqa va boshqa davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan to‘liq hamkorlik qilishga imkon bermoqda. O‘zbekiston nafaqat mintaqa davlatlari bilan, balki uning chegaralaridan tashqarida ham xalqaro xavfsizlik tizimini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish tarafdori ekaniga alohida eʼtibor qaratib keladi.

YEOIIda kuzatuvchi maqomini olish, albatta, o‘zaro ishonchni mustahkamlashga, O‘zbekiston va ushbu tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Mavzuga oid

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi...

AQSHning “The Washington Diplomat” gazetasi veb-saytida «O‘zbekiston elchixonasi shoir Ali...

Yaponiya ommaviy axborot vositalari O‘zb...

Yaponiyaning “atpress” elektron nashrida «O‘zbekistonning gender tenglik sohasidagi saʼy-...

O‘zbekistondagi taʼlim islohotlari Misr ...

Misr Oliy so‘fiylik kengashiga “At-Tasavvuf” jurnalining sonida O‘zbekiston Xalqaro islom ...

So`nggi yangiliklar