Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

Erondagi vatandosh: Davlat gerbi xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan, Vatanimizning yorqin timsolidir

ISLOMOBOD, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan  Eronning «Jamoatul Mustafo» xalqaro universitetida tahsil olayotgan yurtdoshimiz  Shahramjon To‘raqulov  yurtdoshlarimizga tabrik yo‘lladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


- Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Ramzlar hamisha muqaddas va ulug‘ sanalgan. Ular xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan, Vatanning yorqin timsolidir.

Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning o‘rni katta. 1992 yil 2 iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasviri namoyon bo‘lgan. Gerbimizga har bir yurtdoshimizning alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

O‘zini mana shu jannatmakon yurt va tabarruk zamin fuqarosi, olijanob va bag‘rikeng xalqning munosib farzandi deb bilgan inson gerbimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas, deb biladi.

Men Eronda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar nomidan oliyjanob yurtdoshlarimizni Davlat gerbi qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklayman.

Mavzuga oid

Pokistondagi vatandosh: Davlatimiz timso...

Pokistonda yashayotgan vatandoshimiz Dilorom Abdullayeva O‘zbekiston Davlat gerbi qabul q...

Rossiyada ikki buyuk siymo ijodining jah...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud...

Malayziyadagi vatandosh: Gerbimiz jonajo...

O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Malayziyaning In...

So`nggi yangiliklar