Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Eron OAV O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan adabiy anjuman haqida

 TEHRON, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Madaniyat instituti saytida joriy yilning sentyabr oyida Toshkent va Buxoroda o‘tkaziladigan xalqaro adabiy festival haqidagi  maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.


Unda maʼlum qilinganidek, adabiy anjuman  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, mamlakatimizning Londondagi elchixonasi va «Buyuk Ipak yo‘lidagi adabiy festival» maʼmuriyati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Maqolada ushbu festivalda Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatiga oid asarlar chop etgan xorijlik yozuvchilar, noshirlar, adabiy agentlar va kitob sotuvchilari, shuningdek, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining ishtiroki kutilayotgani maʼlum qilingan.

«Mazkur xalqaro adabiy tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek yozuvchi va shoirlari asarlari uchun Yevropa nashrlariga kengroq yo‘l ochish, xorijiy o‘quvchilarni mamlakatimizning boy adabiy hamda madaniy anʼanalari va bugungi kuni bilan tanishtirishdan iborat», deb yozadi manbaa.

Taʼkidlanganidek, ushbu xalqaro festival har yili Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarning birida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston mazkur festivalni qabul qilgan birinchi mamlakat bo‘ladi.

 «Buyuk Britaniya tomonidan festivalni tashkil etishda «Shute Festival» adabiy festivali maʼmuriyati, Osiyo adabiy agentligi, Osiyo ishlari bo‘yicha Qirollik jamiyati va Britaniya kengashi ishtirok etadi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lidagi adabiy festival doirasida adabiy munozaralar, yangi kitoblar taqdimotlari, dolzarb adabiy mavzulardagi seminarlarni  qamrab olgan yigirmadan ziyod tadbirlar o‘tkaziladi», deb yozadi IHT Madaniyat institutining sayti.

Mavzuga oid

Saudiya OAV: ITB 46-yig‘ilishi doirasid...

Saudiya Arabistondagi ommabop elektron nashrlardan biri - «Arab News» veb-saytida «Islom ...

Germaniya OAV O‘zbekistondagi ochiqlik v...

Germaniyaning yetakchi axborot agentligi - «Deutsche Presse-Agentur» (DPA) portali hamda b...

O‘zbekistonda gender tengligi siyosati Q...

Quvaytning «al-Shaxid» gazetasida O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha iilliy markazi dir...

So`nggi yangiliklar