Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2022   Iqtisodiyot

Energetika vazirligi: O‘zbekistonda AI-80, AI-92 va AI-95 benzin narxlari o‘zgarmagan

TOSHKENT, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 rusumli benzin narxi o‘zgarishsiz qoldi – litri uchun 6800 so‘m, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bu haqda Energetika vazirligi rasmiy bayonot berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda AI-80 rusumli benzin yo‘q, qimmat benzinlar sotilayotgani mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ularga javoban quyidagilarni maʼlum qilamiz: hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oshirilmagan va uning 1 litri 6 800 so‘mligicha saqlanib qolmoqda. Shuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 so‘mdan, AI-95 markali avtobenzin 10 500 so‘mdan sotilmoqda».

Enegetika vazirligi, shuningdek, bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida bir kecha-kunduzda 4 ming tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun yo‘naltirilayotganini bildirgan. Bundan tashqari, avtobenzin zaxirasi yetarli ekanligi ham maʼlum qilingan.

Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha avtobenzin importi amalga oshirilmoqda. Joriy yil boshidan buyon bir oyda o‘rtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

«Yangi Andijon» shahridagi binolar Yapon...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida joriy yil 23-27 noyabr kunlari Andijon viloyati hokimi ...

Joriy yilning to‘rt oyi mobaynida O‘zbek...

Joriy yilning yanvar – aprel oylari mobaynida O‘zbekiston 26,1 million AQSH dollari miqdo...

So`nggi yangiliklar