Uz / Ўз Ru En

Toshkent

31/Mart/2021   Tahlil

Elchi Abat Fayzullayev: O‘zbekiston-Vengriya sammiti davlatlararo muloqotni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqdi


VENA, 31 mart. /“Dunyo” AA/. Bugun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi.

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev “Dunyo” AAga O‘zbekiston-Vengriya oliy darajadagi uchrashuvining dastlabki natijalari, ularning ikki mamlakatning tarixiy munosabatlarga asoslangan zamonaviy hamkorlik istiqbollariga ta’siri, bugungi o‘zaro aloqalar izchilligi haqidagi fikrlarini izhor qildi.

- Vengriya hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini haqli ravishda tarixiy, deb hisoblash mumkin. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘liq formatli muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga zamin yaratadi.

Birinchidan, Vengriya Bosh vaziri mamlakatimizga ilk bor rasmiy tashrifi jarayonida o‘zi bilan salmoqli tarkibdagi delegatsiyani boshlab keldi. Unga O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun 30 dan ortiq yirik kompaniyasi vakillari hamrohlik qildi.

Ikkinchidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shunday qilib, Vengriya O‘zbekiston bilan siyosiy hamkorlikni eng yuqori darajaga ko‘targan Yevropa Ittifoqining birinchi mamlakatiga aylandi.

Uchinchidan, muzokaralar natijasida tomonlar 10 ga yaqin hujjatni qabul qildi, ularni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarda katta natijalarga olib keladi. Masalan, mintaqalararo hamkorlik, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash, innovatsion rivojlanish, irrigatsiya va suv xo‘jaligi masalalarida o‘zaro hamkorlik rejalarini belgilaydigan muhim shartnomalar imzolandi.

Ta’kidlash joizki, bugungi muvaffaqiyatlarimizga hamda ikki tomonlama munosabatlarni yanada faollashtirish uchun O‘zbekiston Prezidentining Vengriya Bosh vaziri bilan 2019 yil oktyabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammiti doirasidagi uchrashuvi muhim asos bo‘ldi.

Misol uchun, so‘nggi bir yil mobaynida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyayrtoning O‘zbekistonga ikki marotaba tashrifi tashkil qilindi, Toshkent va Budapesht shaharlarida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Vengriya kompaniyalarining O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni kiritishga katta qiziqishi borligini guvohi bo‘lyapmiz. So‘nggi to‘rt yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi deyarli uch baravarga oshdi, shu jumladan, o‘tgan yil o‘sish 50 foizni tashkil qildi.

Biz to‘liq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Toshkentda erishilgan kelishuvlar har ikki tomon manfaatlariga birdek xizmat qiladi. Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi Viktor Orban 2010 yilda boshlagan "Sharqqa ochilish" siyosatining muvaffaqiyati sifatida qabul qilinmoqda. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri kecha bo‘lib o‘tgan Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishida ham ta’kidlab o‘tdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston hukumatining eksportyorlarni...

Jumladan, mashhur ingliz tilida nashr etiladigan "Islomobod Post" gazetasida O‘zbekistonda...

Global Innovatsion Indeks - innovatsion...

O‘zbekistonning Global innovatsion indeksga qaytishi – yangi O‘zbekistonda boshlangan islo...

Belgiya eksperti: Yevropa Ittifoqi Marka...

Bryusselda joylashgan Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Albert Turks...

So`nggi yangiliklar