Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2022   "Dunyo" AA reportaji

Ekoparkda diplomatlar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi - fotoreportaj

 TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent Ekoparkida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar jamoalari ishtirokida ilk sport o‘yinlari uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.


Tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi tomonidan Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.

Diplomatik sport o‘yinlari diplomatik vakolatxonalarning mamlakatimizdagi faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish va sportga qiziqishni oshirish, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Sport o‘yinlari dasturiga stol tennisi, voleybol, shaxmat, badminton kabi sport turlari kiritildi. Shuningdek, diplomatik missiyalar xodimlari oila aʼzolari uchun shashka, estafeta va milliy o‘yinlar bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etildi.

Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, AQSH, Rossiya, Tojikiston, Fransiya, Shveysariya, Ummon va boshqa davlatlar dipmissiyalari, BMT, FAO, YEXHT, Jahon banki, SHHT vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari turnirda faol ishtirok etdi.

Tadbirga O‘zbekiston MOQ va sport federatsiyalari vakillari taklif etildi.

Anvar Ilyosov (“Dunyo” AA) olgan suratlar

 

      

Mavzuga oid

ITB Boshqaruvchilar kengashining 46-yill...

Bugun Toshkentda koronavirus pandemiyasi davrida birinchi marta offlayn shaklda o‘tayotgan...

“EKSPO 2020 Dubay” Butunjahon ko‘rgazmas...

“EKSPO 2020 Dubay” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida mamlakatimiz tarixi, zamonaviy taraqqi...

“EXPO 2020 DUBAI”: O‘zbekiston Respublik...

“Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov Dubaydagi EKSPO-2020 Butunjahon ko‘rgazmasida 8 dekab...

So`nggi yangiliklar