Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Dubaydagi vatandosh: Yangilanayotgan Konstitutsiya tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklari himoyasini yana-da mustahkamlash va aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam

DUBAY, 30-mart. /“Dunyo” AA/. BAAdagi o‘zbek diasporasi faoli, “INKAS” va  “AKSUM” kompaniyalari rahbari Ulug‘bekxon Maqsumov “Dunyo” AA uchun intervyusida yangilayotgan O‘zbekiston Konstitutsiya haqidagi  fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:


- Amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha 30 aprel kuni umumxalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun uzoq kutilgan voqeadir.

Tadbirkor sifatida Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartishlar kiritish tarafdoriman, chunki bu tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklari himoyasini mustahkam taʼminlash, aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam deb bilaman.

Mamlakatimiz Asosiy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklifini muhokama qilish jarayonida xalqimiz faol ishtirok etgani alohida eʼtiborga loyiqdir.

O‘ylaymanki, xalqimizning aksariyati men kabi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida ushbu voqea keng yoritilayotgani, bu orqali jahon miqyosida ro‘y berayotgan voqealarga alohida ahamiyat qaratilayotgani ayniqsa quvonarlidir.

Ishonchim komilki, referendumda xalqimiz mamlakat ichida hamda xorijiy davlatlar tashkil etilayotgan saylov uchastkalariga borib o‘zlarining fuqarolik burchlarini aʼlo darajada ado etadilar.

Fursatdan foydalanib, Chirchiq shahridagi “AKSUM” korxonasi asoschisi va rahbari sifatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun investitsiya jozibadorligini oshirayotgani uchun mamlakatimiz rahbariyatiga minnatdorlik va hurmat-ehtiromimni bildirmoqchiman.

Mavzuga oid

YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiy...

YEXHT/DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi aʼzolari kecha Oliy Majlis Qonun...

Pokistondan munosabat: O‘zbekiston rahba...

Pokistondagi Global va strategik tadqiqotlar markazi ijrochi direktori ijrochi direktori X...

Erondan munosabat: Yangilanadigan Konsti...

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohot hamda bo‘lajak umumxalq refe...

So`nggi yangiliklar