Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Dubayda bo‘lib o‘tgan davra suhbati O‘zbekiston Prezidenti saylovi mavzusiga bag‘ishlandi


DUBAY, 27-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida joriy yil 24 oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – Prezident saylovini yuqori darajada tashkil etish va uni o‘tkazishga yo‘naltirilgan faoliyat doirasida «O‘zbekiston saylov qonunchiligi – demokratik saylovlarning asosi» mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda diplomatiya vakolatxonamiz huzurida tashkil etilgan saylov komissiyasi a’zolari hamda Birlashgan Arab Amirliklarida doimiy va vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu mamlakatda bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolarining saylovda faol ishtirok etishini hamda ovoz berish jarayoni hozirgi pandemiya sharoitida saylovchilarning salomatligi va xavfsizligi ta’minlangan holda o‘tishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Davra suhbati ishtirokchilariga Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan, O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi huzurida saylov uchastkasi tashkil etilgani ma’lum qilindi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni va Prezident sayloviga tayyorgarlik yuzasidan atroflicha fikr almashilgani barobarida yurtdoshlarimiz Prezident saylovi kampaniyasi jarayonining borishi, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar, saylovni o‘tkazish va ovoz berish tartib-qoidalari bilan batafsil tanishtirildi.

Shuningdek, mazkur siyyosiy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishni tashkil etish uchun Bosh konsulxonaning rasmiy veb-sahifasi, “Facebook”, “Twitter”, “Instagram” kabi ommaviy ijtimoiy tarmoqlar hamda ko‘p sonli fuqarolarni qamrab olgan “Telegram” kanalining imkoniyatlaridan keng foydalanilayotgani ham qayd etildi.

Uchrashuv yakunida yurtdoshlarimiz o‘zlarining konstitutsion huquqidan foydalangan holda saylovda faol qatnashishga hamda o‘zlari munosib topgan nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etildi.

Mavzuga oid

«Misr-O‘zbekiston» do‘stlik jamiyati ra...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan «Misr-O‘zbekiston»...

Xalqaro kuzatuvchi: Prezident saylovi ma...

O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xalqaro kuzatuvchil...

Qirg‘izistonda bo‘lib turgan vatandoshla...

O‘zbekiston elchisi Xurshid Mirzohidov mamlakatimizda joriy yil oktyabr oyida o‘tkaziladig...

So`nggi yangiliklar