Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Iyul/2020   Ilm-fan

Davlat test markazi: kirish imtihonlari onlayn tarzda bo‘lmaydi

TOSHKENT, 9 iyul. /«Dunyo» AA/. Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat test markazining rasmiy bayonoti e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Bayonotda jumladan shunday deyiladi:

«2020 yil 8 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur matbuot anjumanidan so‘ng turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Shuni eslatib o‘tish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan».

Mavzuga oid

Samarqand davlat universiteti —Ulug‘bek ...

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, YUNESKOning Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari Kr...

O‘zbekistonda maktablarni 14 sentyabrdan...

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov maktablar ochilishi bo‘yicha...

Malayziyada musulmon dunyosi allomalarin...

Mamlakatimiz elchixonasida Malayziya Islom sivilizatsiya instituti va O‘zbekistondagi Islo...

So`nggi yangiliklar