Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Iyul/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Davlat dasturining tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalari mazmun-mohiyati – muhokama markazida

TOSHKENT, 10 iyul. /«Dunyo» AA/. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda videokonferensiya shaklida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar mas’ullari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tashqi siyosat sohasida belgilangan ustuvor vazifalar ahamiyati muhokama qilindi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov so‘zga chiqib, so‘nggi uch yilda O‘zbekistonda ro‘y bergan tub o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Xususan, tashqi siyosatda Prezidentimiz tashabbusi bilan qo‘shni davlatlarga nisbatan tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash kabi tamoyillarga asoslangan yangi yo‘nalish boshlanganini ta’kidladi. Bundan tashqari, tashqi siyosiy vazifalarni amalga oshirishda parlamentning rolini muntazam va izchil kuchaytirish, parlament diplomatiyasi vositalaridan yanada faolroq foydalanish yuzasidan so‘z yuritdi.

– Hozirgi kunda tizimli ravishda Oliy Majlis palatalarida xorijiy parlamentlar bilan munosabatlarda do‘stlik guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni 40 tadan oshadi, – dedi senator R.Alimov. – O‘tgan yil davomida Senat xorijiy davlatlar parlamentlari bilan o‘zaro aloqalarni sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, Kanada, Malayziya, Argentina, Chexiya va boshqa davlatlar bilan do‘stlik guruhlari tuzildi. Oliy Majlis YeXHT Parlamenti Assambleyasi kabi nufuzli parlamentlararo tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokini qayta tikladi. Bundan tashqari, may oyida Senat va Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari AQSh bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan qo‘shma yig‘ilishni, O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surishda parlamentning rolini kuchaytirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” qabul qilganini alohida qayd etish joiz.

Bundan tashqari, davra suhbatida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Feruza Eshmatova Davlat dasturida parlamentning muhim vazifalari belgilangani to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu davra suhbati mamlakatimizning asosiy tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshirishning borishi va holatini yana bir bor har tomonlama tahlil qilish, Davlat dasturi qoidalarini amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonni...

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonni pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari bilan qarshi k...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirlig...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S...

So`nggi yangiliklar