Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Jamiyat

Davlat chegarasini kesib o‘tishda transport va tovarlar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi yana-da takomillashtirildi

TOSHKENT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.11.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida»gi  qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi  qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Norma” portali maʼlumotiga ko‘ra, mazkur hujjat bilan qarorning ayrim atamalariga aniqlik kiritilib, yangi atamalar bilan to‘ldirilmoqda. Misol uchun «chegara ko‘rigi» – bu DXXning Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan transport vositalari va tovarlarda nazoratdan yashiringan shaxslar yoki Davlat chegarasi orqali olib o‘tish taʼqiqlangan tovarlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar majmui.

Shuningdek, Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan avtotransport vositalari va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish bojxona organlari va chegara xizmati vakillaridan iborat qo‘shma naryadlar tomonidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ko‘z kasalliklarini davola...

Bu boradagi kelishuv mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi vakillarining Florida shtati Ko...

O‘zbekistonda qator dorivor o‘simliklarn...

2022-2026 yillarda O‘zbekistonda 36 ming gektarda qizilmiya, zaʼfaron, kavrak, lavanda, st...

O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya k...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasida O‘zbekiston Respublikasining Ekologi...

So`nggi yangiliklar