Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

Daniya poytaxtida O‘zbekiston fuqarolari uchun konsullik qabuli tashkil etildi


KOPENGAGEN, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi tomonidan Daniya poytaxtida yashovchi yurtdoshlarimiz uchun konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda fuqarolarga xorijiy pasportlar, notarial va boshqa hujjatlar berildi hamda ro‘yxatga olish uchun yangi arizalar qabul qilindi.

Bundan tashqari, Daniyaga amaliy safari chog‘ida xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalarida ishlaydigan vatandoshlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Elchixona vakili vatandoshlarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklab, diplomatiya missiyasi konsullik boshqarmasining fuqarolarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyati hamda tashkil etilayotgan turli tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchilarga Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar, xususan, fuqarolarimizning saylov huquqlari himoyasini mustahkamlash, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini yaratish va boshqalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ayni paytda saylov uchastkalarida ovoz berish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Saylov kodeksiga muvofiq elchixona mazkur saylovda ishtirok etishni istagan saylovchilarning ro‘yxatini tuzishga kirishdi. Ushbu muhim siyosiy jarayon haqida maʼlumot olishga qiziqqan O‘zbekiston fuqarolari endilikda elchixona rasmiy saytiga kirib,  saylov joyi, sanasi, vaqti va yana boshqa barcha kerakli yangiliklar, xabarlarni bilib olishi mumkin. Shuningdek, chet elda bo‘lgan fuqarolar saylovchilar ro‘yxatlariga kiritish uchun veb-sayt orqali xorijiy saylov uchastkalariga elektron shaklda murojaat qilishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy  ruhda o‘tdi. Yurtdoshlarimiz nafaqat konsullik va huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar oldi, balki shaxsiy masalalari yuzasidan fikr almashdi va ularni birgalikda hal qilish yo‘llarini muhokama qildi.

Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, bugun Daniyaning Orxus shahrida ham konsullik qabuli o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Belgiyadagni vatandoshlarimiz O‘zbekisto...

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasida ushbu davlatda yashaydigan o‘zbek diasporasini...

Janubiy Koreyadagi vatandoshimiz “Turizm...

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasida bugun Seuldagi “Lazzat”...

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik depart...

Tashqi ishlar vazirligining Konsulluk departamenti Rossiyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan ...

So`nggi yangiliklar