28/Noyabr/2022 COVID-19
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Yakshanba kuni O‘zbekistonda 137 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 245 ming 966 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kasallikka chalinish holatlari mamlakatimiz poytaxti (81), Samarqand (15), Toshkent (14), Namangan (12), Buxoro (7), Jizzax (4), Farg‘ona (2), Xorazm (1) va Andijon (1) viloyatlarida qayd etildi.