11/Iyun/2021 COVID-19
TOSHKENT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 taga ortib, umumiy kasallanganlar 102 ming 892 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, payshanba kuni 331 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lib, kasallikdan sog‘ayganlar soni 98 ming 923 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etgan.
Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirusga chalingan 3 ming 265 kishiga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.