Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Aprel/2021   COVID-19

COVID-19: Kecha O‘zbekistonda 345 yangi kasallanish holati qayd etildi


TOShKENT, 23 aprel'. /«Dunyo» AA/.  O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda koronaviris yuqtirish bilan bog‘liq 345 ta holat qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan beri umumiy kasallanishlar 88 ming 280 tani tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Koronaviris bilan og‘rigan bemorlarning 206 tasi Toshkent shahrida, 58 nafari Toshkent viloyatida va 34 tasi Samarqand viloyatida aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, kecha, shuningdek, 225 nafar koronavirusga chalingan yurtdoshimiz kasallikdan butunlay forig‘ bo‘ldi. Ushbu darddan tuzalganlarning umumiy soni  85 ming 232 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirus bilan kasallangan 2 ming 407 bemor davolanmoqda. Ulardan 238 nafari og‘ir, 113 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 641 nafarga yetdi.

Mavzuga oid

COVID-19: O‘zbekistonda seshanba kuni ko...

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha 55 kishi ushbu kasallikdan forig‘ bo...

Nurmat Otabekov: O‘zbekistonda koronavir...

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlakatimizda koronavirus pa...

Nurmat Otabekov: koronavirusga chalingan...

Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemor...

So`nggi yangiliklar