02/Iyul/2022 COVID-19
TOSHKENT, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda 89 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 240 ming 945 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Eng ko‘p kasallanish holatlari poytaxtimizda (19), Jizzax, Namangan va Farg‘ona (7 kishidan) viloyatlarida qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 57 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 1 ming 165 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.