Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

AQSH Kongressida O‘zbekiston bilan parlamentlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

VASHINGTON, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov AQSH Kongressi Vakillar palatasida «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» hamraislari va aʼzolari, kongressmenlar Trent Kelli (Missisipi), Visente Gonsales (Texas) va Don Bekon (Nebraska) bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, siyosiy, savdo, sarmoyaviy, akademik, madaniy-gumanitar sohalarda ikki davlat darajasida hamda Missisipi, Texas va Nebraska shtatlari bilan muloqotni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv avvalida AQSH kongressmenlari O‘zbekistonga  tashriflarini eslab, 2023 yilda AQSH Kongressining yangi saylangan aʼzolari bilan birga mamlakatimizga borishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. «O‘zbekistonga tashrifim men borgan mamlakatlar orasida eng yaxshisi bo‘ldi va O‘zbekiston milliy taomlari, arxitekturasi hamda tarixi haqida juda yaxshi xotiralarim bor», dedi Don Bekon.

AQSH qonunchilari bu yil «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» aʼzolari soni yangi saylangan kongressmenlar hisobiga ko‘payishiga ishontirishdi. «Biz ushbu guruhning hamraislari bo‘lganimiz uchun Kongressdagi yangi do‘stlarimiz bilan uchrashganda ularni ushbu Kokusga qo‘shilishga taklif qilamiz», dedi Trent Kelli.

Uchrashuv chog‘ida «O‘zbekiston bo‘yicha kokus»  rahbarlari respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, AQSH bilan strategik va iqtisodiy sheriklik sezilarli darajada kengayayotganini eʼtirof etib, mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus rezolyutsiya, shuningdek, respublikaga nisbatan “Jekson-Venik” qo‘shimchalarini qo‘llashni tugatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha Kongressga takliflar kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

«O‘zbekiston bo‘yicha kokus» hamraislari va aʼzolari Trent Kelli, Visente Gonsales va Don Bekon bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqa...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Seul politsiya agentligi va Toshkent shahar ichki ishlar...

Pekinda o‘zbek asal ishlab chiqaruvchila...

Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvach...

Shvetsiyaning Yevroosiyo Savdo-sanoat pa...

O‘zbekiston Muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev 15 noyabr kuni Stokgolmda Shvetsiyaning ...

So`nggi yangiliklar