Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Buyuk Britaniyadan munosabat: Yirik loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston-Vengriya jamg‘armasining tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi

LONDON, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. «Igneous Solutions Ltd» kompaniyasi boshqaruvchi direktori Farax Masud “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi:


– Yaqinda amalga oshirgan safarim davomida O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini tubdan yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar hayotga tadbiq etilayotganiga guvoh bo‘ldim.

O‘zbekiston Prezidentining Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriya ishbilarmon doiralari uchun farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli sheriklar topish nuqtai nazaridan ajoyib imkoniyatdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatida, birinchi navbatda, valyuta bozorini liberallashtirish va foydani erkin qaytarish, davlat aktivlari va banklarini xususiylashtirish, soliq va boshqa jabhalarda muhim  islohotlar amalga oshirildi.

Tashrif chog‘ida eʼlon qilingan yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya jamg‘armasining tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonaman.

Kompaniyamiz O‘zbekistonda ESG standartlarini (Environmental, Social end Governance) joriy etish sohasida ko‘plab imkoniyatlarni ko‘rmoqda, shuningdek, biz bu va boshqa sohalarda Vengriya hamda O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

Mavzuga oid

O‘zbekiston BMTning «Inson huquqlari yo‘...

O‘zbekiston Prezidentining farmoni loyihasida BMT organlari va institutlari, global va min...

Belarusdan munosabat: O‘zbekiston Prezid...

Belarus davlat universiteti xalqaro aloqalar fakulteti professori Viktor Shadurskiy «Dunyo...

Amerikadan qutlov: O‘zbekiston mintaqa v...

Strategik tadqiqotlar xalqaro assotsiatsiyasi (ISSA)ning prezidenti va bosh tahlilchisi Gr...

So`nggi yangiliklar