Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Avgust/2021   Ta'lim

Buyuk Britaniya universitetida O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun maxsus o‘quvlar tashkil etiladi

LONDON, 25 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari Odilbek Sattorov, Londondagi Qirolicha Mariya universitetining (Queen Mary University of London, QMUL) xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbari Mark Koddington hamda kasbiy tayyorgarlik va tadbirkorlik bo‘yicha direktori Endi Kolli o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.


Muzokaralar chog‘ida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, QMUL salohiyatini jalb etgan holda davlat boshqaruvi sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 
QMUL global siyosat instituti negizida davlat xizmatchilari uchun ilg‘or o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Uning doirasida o‘zbekistonlik talabalar o‘qishi uchun yillik kvotalar taqdim etish va  qo‘shma stipendiya dasturini tayyorlash rejalashtirilmoqda.
1785 yilda tashkil etilgan QMUL Buyuk Britaniya davlat universiteti hisoblanadi. Universitet Buyuk Britaniyaning «Russell Group» eng nufuzli universitetlari va tadqiqot markazlari guruhi tarkibiga kiradi. Oliy ta’lim muassasasi jahon universitetlarining «QS World University Rankings 2021» xalqaro reytingida 114-o‘rinda qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning yosh diplomatlari Misrda...

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida Misr Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi M...

O‘zbekiston davlat muassasalari rahbar x...

Kecha Oliy diplomatiya maktabida (ODM) davlat muassasalari xodimlarini o‘qitish dasturi do...

Toshkentda O‘zbekiston – Vengriya rektor...

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Vengriya rektorlar konferensiyasi bosh kotibi Zoltan ...

So`nggi yangiliklar