Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Buxoroda o‘tayotgan Zardo‘zlik va zargarlik xalqaro festivali XXR ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

TOSHKENT, 22-May. /“Dunyo” AA/. Buxoroda o‘tayotgan zardo‘zlik  va zargarlik xalqaro festivalida dunyoning 58 mamlakatidan 200 ishtirokchi qatnashmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xitoyning yetakchi davlat axborot agentligi – “Sinxua” bugun “Dunyo” axborot agentligi maʼlumotlariga tayanib yozishicha, O‘zbekistonning Buxoro shahri 21 maydan 25 maygacha davom etadigan Zardo‘zlik  va zargarlik xalqaro festivaliga mezbonlik qilmoqda.

“Tadbirning asosiy maqsadi ko‘p qirrali o‘zbek milliy hunarmandchiligini yana-da kengroq namoyish etish, xalqlar o‘rtasida bu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashdan iboratdir", deb yozadi “Sinxua”.  -Festivalda dunyoning 58 mamlakatidan 200 nafardan ortiq ishtirokchi, to‘qqiz nafar faxriy mehmon, to‘rt nafar yuqori martabali xorijiy davlat arbobi ishtirok etmoqda”.

Festival doirasida “Anʼanaviy zardo‘zlik va zargarlik sanʼatining rivojlanishi istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda 22 mamlakatdan 33 nafar xorijlik va 20 nafar o‘zbekistonlik olimlarning ishtirok etishi kutilmoqda, deya qo‘shimcha qiladi agentlik.

“Butunjahon hunarmandlar kengashi ko‘hna Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etadi”, deya xulosa qiladi “Sinxua” axborot agentligi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi o‘zg...

O‘mon Sultonligining yetakchi nashlaridan biri - «Asda Oman» gazetasi («O‘mon sadosi») veb...

O‘zbekistonda yoshlarga va aholi salomat...

Afg‘onistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari afg‘on jamoatchiligini O‘zbekistonnin...

O‘zbekiston elchisining maqolalasi BAAni...

BAAning «Khaleej Times» elektron nashrida O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Baxtiyor Ibrag...

So`nggi yangiliklar