Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/May/2022   Madaniyat

Buxoro Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali ishtirokchilarni kutmoqda

TOSHKENT, 19-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 21-25 may kunlari Buxoro shahrida o‘tkaziladigan «Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali» hamda «Milliy kashtado‘zlik sanʼati festivali»ga so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Viloyat hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, festivalda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 211 nafar xorijiy mehmonlar ishtirok etadi. Zardo‘z, zargar, kashtado‘z hunarmand, konferensiya ishtirokchilari, xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar va hamkor tashkilotlar vakillari 19 maydan eʼtiboran kelishni boshlaydi. Mehmonlar Toshkent, Buxoro shahridagi mehmonxonalarga joylashtiriladi. Ularga ingliz, arab, fors, ispan, turk va rus tilida mukammal so‘zlashadigan volontyorlar hamrohlik qilishadi.

Festivalda ishtirok etuvchi mahalliy hunarmandlar ro‘yxati shakllantirilgan. Respublikamizning 14 ta hududidan 97 nafar zargar va 10 ta zargarlik yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi korxonalar, 33 nafar zardo‘z, 35 nafar kashtachilik hamda boshqa yo‘nalishlardagi 90 nafar hunarmandlar ishtiroki rejalashtirilgan.

-Tadbirni targ‘ib qiladigan 10 dan ortiq esdalik buyumlar namunalari tayyorlandi, – deydi O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Akbar Muhammedov.- Shu jumladan, «Zardo‘zlik sanʼati tarixi» kitobi ham. Festivalni o‘tkazish joyi sifatida “Ark” qo‘rg‘oni old maydoni, unga tutash xiyobon va Minorai Kalon majmuasi yo‘l yoqasi belgilandi. Mahalliy hamda xorijiy ishtirokchilarning joylashuv xaritasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid

Xalqaro madaniy aloqalar davom etmoqda

O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilova boshchiligidagi delegasiya Turkiyada bo...

Germaniyada Navro‘z shukuhi: Kyoln shahr...

Mamlakatimizning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan “Vatandoshlar” jamoat ...

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi...

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida mazkur mamlakatning ilg‘or oliy ta’lim mask...

So`nggi yangiliklar