Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   Iqtisodiyot

«Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasi hududidagi issiqxona xo‘jaliklarining faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi

TOSHKЕNT, 20-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Hujjatda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish hamda qishloq joylarida aholi bandligini ta’minlash va daromad olishga yanada qulay sharoit yaratish, xususan,  «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilangan.

Ushbu qaror bilan «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tashkil etildi va  uning tarkibi tasdiqlandi.

Qayd etilganidek, Respublika ishchi guruhi ikki hafta muddatda «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklari moddiy-texnika bazasini, iqtisodiy ahvolini va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib chiqadi.

Qaror bilan «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga, davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddati 7 yildan 10 yilgacha etib belgilandi va mazkur issiqxona xo‘jaliklariga ilgari ajratilgan kredit muddatlari tegishli ravishda 3 yilgacha uzaytirildi.

Bundan tashqari, xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutada qayta rasmiylashtirish hamda amaldagi kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga foiz xarajatlarining 5 foizdan oshmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston Prezidentining «Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan mablag‘lar hisobidan «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz  stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratish choralari ko‘rilishi   ta’kidlangan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda soxta bankrotlikni aniqlas...

O‘zbekistonda soxta bankrotlikni aniqlash qoidalariga o‘zgartirish kiritildi.

“UzVC” milliy venchur fondi tashkil etil...

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi....

“O‘zsanoatqurilishbank” OPEK Xalqaro riv...

“O‘zsanoatqurilishbank” OPEK Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) bilan 20 million AQSH dollar...

So`nggi yangiliklar