Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Jamiyat

Bugun Koreya Respublikasi Oliy sudi raisining O‘zbekistonga tashrifi boshlanmoqda


 SEUL, 27 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Koreya Respublikasi Oliy sudi raisi Kim Myong Suning O‘zbekistonga tashrifi boshlanmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

27 oktyabrdan 4 noyabrgacha davom etadigan tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy va Konstitutsiyaviy sudlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, tomonlar idoralararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, Janubiy Koreya Oliy sudi rahbari O‘zbekistonning qator tuman sudlarida bo‘ladi, Buxoro va Samarqand shaharlari hokimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, ushbu tarixiy shaharlarning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

Tashrif yakunida ikki mamlakat sud organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston va Janubiy Koreya Oliy sudlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash rejalashtirilgan. Mazkur hujjat sud-huquq tizimini takomillashtirish, sud hokimiyatining roli va nufuzini oshirish, sud institutlari faoliyatini mustahkamlash, sudlar mustaqilligini taʼminlash va sudyalar tayyorlashda tajriba almashishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid

Xorijlik mutaxassis va talabalar pandemi...

Xorijlik fuqarolar ham bu boradagi ishlarga yuqori baho bermoqda.

Asel Dadirova: O‘zbekistonda korrupsiyag...

Qozog‘iston milliy san’at universiteti falsafa fanlari nomzodi Asel Dadirova “Dunyo” AA mu...

Turkiy kengash doirasida Sog‘liqni saqla...

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Sog‘liqni saqlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvc...

So`nggi yangiliklar