Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2022   Madaniyat

Bugun Buxoroda Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali bayramona sayl bilan boshlandi

 BUXORO, 21-may. /“Dunyo” AA/. Bugun tongda Buxoro shahrida birinchi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali anjuman ishtirokchilarining bayramona yurishi bilan boshlandi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Zamira Azizxonova voqea joyidan.


Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – serqirra o‘zbek milliy hunarmandchiligini xalqaro ko‘lamda yana-da kengroq namoyish etish, uning betakror namunalarini targ‘ib qilish, mazkur yo‘nalishda ishbilarmonlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

25 mayga qadar davom etadigan festivalda respublikamizning barcha viloyatlaridan 288 nafar hunarmand ishtirok etmoqda. Ulardan 110 nafari zargar, 37 nafari zardo‘zlik ustasi, 44 nafari kashtachi, 97 nafari hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlari vakillaridir.

Festivalga dunyoning 58 davlatidan ishtirokchilar tashrif buyurgan. Forum davomida 112 nafar xorijlik hunarmand o‘z mahoratini ko‘rgazmali tarzda namoyish etadi.

 

Mavzuga oid

Alisher Navoiy adabiy merosiga Yaponiyad...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Tokio xorijiy tillar universiteti (TXTU) va Alish...

«Xiva – Turkiy dunyo madaniyat poytaxti»...

2020 yilda Xiva shahri «Turk dunyosining madaniiy poytaxti» logotipi tasdiqlandi.

Shashmaqom sanʼati Yevropa markazida nam...

Belgiyaning “Molyer” teatrida Shashmaqom sanʼati, o‘zbek anʼanaviy va xalq musiqa merosi ...

So`nggi yangiliklar