Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Siyosat

Bryusselda O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


BRYUSSЕL, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan o‘rinbosari, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha maxsus vakil Xaver Kolomin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Alyansni zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb bilishi va tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan masalalarning butun ko‘lami bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish tarafdori ekani ta’kidlandi.

Qo‘shma sa’y-harakatlar samarasida O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi muloqot har ikki tomon manfaatlari yo‘lida rivojlanishda davom etishi qayd etildi.

Harbiy qurilish sohasidagi tub islohotlar jarayonida O‘zbekiston Qurolli kuchlarini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.

Bu jarayonda harbiy xizmatchilarning kasb mahorati va malakasini oshirish, ularni intellektual va psixologik tayyorlash masalalari muhim ahamiyatga ega.

Bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish hisoblanadi.

Uchrashuvda Alyansning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi doirasida O‘zbekistonning NATO bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston-Malayziya diplomatik aloqala...

21 fevral — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun....

Shavkat Mirziyoyev YXHT Parlament Assamb...

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik...

Davlatimiz rahbari bugun Senatning reko...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, korxonalar fa...

So`nggi yangiliklar