Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Bryusselda O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


BRYUSSЕL, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida diplomatik korpus vakillari, Britaniyaning «MACE Magazine» jurnali Bryussel byurosi rahbariyati ishtirokida O‘zbekistonda o‘tgan Prezident saylovi yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ularning natijalari dunyoda keng e’tirof etilayotgani alohida ta’kidlandi. Davlat va ijtimoiy qurilish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud - huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, ijtimoiy sohani mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash, muvozanatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish kabi masalalar xalqaro hamjamiyatning doimiy diqqat markazida ekani qayd etildi.

«MACE Magazine» jurnalining Bryusseldagi byurosi rahbari Richard  Milson O‘zbekistonda yuqori darajada tashkil etilgan va saylovchilarning yuqori faolligi bilan o‘tgan Prezident saylovi bilan  qutladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy islohotlar, mintaqaviy siyosat va respublikaning jahon maydonidagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq ulkan imkoniyatlar ochilayotgan O‘zbekistonga yaqindan nazar tashlash  kerak.

Xabar berganimizdek, «MACE Magazine» jurnalining navbatdagi sonlaridan biri so‘nggi besh yil davomida iqtisodiy taraqqiyotda yuqori natijalarga erishgan O‘zbekiston hayotiga bag‘ishlanishi rejalashtirilmoqda. 

- Saylovning samarali tashkil etilgani bilan O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlovlarimni bildiraman, - dedi Richard  Milson.  – O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatishda YEI delegatsiyasi YEXHT bilan birga ishtirok etganinidan xabardormiz. Ushbu missiya vakillari saylov jarayonini ijobiy baholadi - bu ham o‘zbek xalqining buyuk g‘alabasidir. Ovoz berish natijalaridan juda mamnunmiz va O‘zbekiston bilan samarali hamda konstruktiv hamkorlikni yanada mustahkamlashdan umidvormiz.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar bu...

Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazi...

Novosibirsk shahrida O‘zbekiston Respubl...

Bugun O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasida O‘zbekiston Prezidenti s...

Hindiston saylov komissiyasi O‘zbekiston...

Hindiston saylov komissiyasi o‘zining rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Prezidenti saylovida ...

So`nggi yangiliklar