Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Hamkorlik

Braziliyalik deputatlar O‘zbekistonni o‘z mamlakatida elchixona ochishga chaqirdi

VASHINGTON, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Brazilia shahriga tashrifi davomida Braziliya Milliy Kongressi (Parlamenti) Deputatlar kengashi (quyi palata) deputatlari Sorayya Santos, Luiza Kansiani, Pedro Vilela va Rubens Buenolar bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.  


Uchrashuvlar davomida braziliyalik deputatlar mamlakatimizda ichki iqtisodiyotni liberallashtirish va uning barqaror o‘sishini taʼminlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, birinchi navbatda, parlament faoliyatini takomillashtirish, tashabbuskorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarning asosiy natijalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Respublikaning tashqi siyosati, mamlakatning yaqin va o‘rta muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, Braziliya bilan o‘zaro manfaatli savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Deputatlar Kengashi vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga to‘xtalar ekan, Braziliya O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatib kelishini maʼhlum qilishar ekan,  yakdillik bilan islohotlar juda muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq etilayotganini taʼkidlashdi. Ular tomonidan “Mamlakatingiz, ayniqsa, biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi va Braziliya kompaniyalari ushbu istiqbolli bozorni eʼtibordan chetda qoldirmasliklari kerak”, degan fikr bayon etildi.

Xalqaro alaqolar kotibiyati boshlig‘i Sorayya Santosning aytishicha, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi o‘z o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasida Braziliya har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgani barobarida ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, parlamentlararo aloqalarni kengaytirishdan manfaatdordir.

Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasi prezidenti Pedro Vilela O‘zbekiston Respublikasi Braziliyada o‘z elchixonasini ochishga va o‘zaro diplomatiya aloqalari ko‘lamlarini yana-da kengaytirishga chaqirdi. Deputat mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida barcha imikoniyatlarini  safarbar etishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘z navbatida, Rubens Bueno Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakati Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga urg‘u berdi. Uning fikricha, tomonlar soya yetishtirish, go‘sht eksporti, paxtani qayta ishlash hamda ishlab chiqarish, turizm, havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda aniq maqsadli muzokaralar olib borishlari lozim.

Ayollar ishlari bo‘yicha kotibiyat rahbarining o‘rinbosari Luiza Kansiani mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan eʼtiborni oshqilar ekan, “Yangi O‘zbekistonning gender tenglik masalalarida erishgan muvaffaqiyatlari ayrim rivojlangan mamlakatlar uchun ham namunadir”, deb taʼkidladi. Uning fikricha, bizning parlamentimizda ayollar sonining ko‘payishi, davlat idoralarida ular uchun barcha qulay sharoitlarning yaratilishi, tadbirkorlik sohasida ochib berilayotgan imkoniyatlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi tomonidan maʼlum qilinishicha, deputatlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida videoaloqa tarzida tanishuv uchrashuvini o‘tkazish va shu tariqa o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Toshkent viloyati hokimi “Janubiy Koreya...

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan K...

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida o‘simlikla...

Joriy yil 12-sentyabr kuni mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston R...

Misrning yirik reklama agentligi rahbari...

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasida Misrning «Shedding light» reklama agentligi rahb...

So`nggi yangiliklar