Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Dekabr/2022   Sanalar

Bosh qomusimiz — har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat

DUSHANBE, 3-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Tojikistondagi elchixonasida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda ijtimoiy-siyosiy, ekspert va ishbilarmon doiralar vakillari, Tojikistonda yashayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

O‘zbek dilomatlari ishtirokchilarga O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari, yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.

Taʼkidlanganidek, Asosiy qonunimiz o‘zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashda muhim hujjat bo‘lib hisoblanadi. Xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadidir.

O‘z navbatida, vatandoshlar ushbu sana ular hayotida muhim ahamiyat kasb etishini urg‘ulagani barobarida, tashkil etilgan bayram tadbiri uchun vakolatxonaga minnatdorlik bildirishdi.

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: Vatanimiz bayrog‘i...

O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi arafasida O‘zbekiston Madani...

Pokistondagi vatandosh: Davlatimiz timso...

Pokistonda yashayotgan vatandoshimiz Dilorom Abdullayeva O‘zbekiston Davlat gerbi qabul q...

Ruminiya elchisi: Qadimiy Navro‘z bayram...

Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Kristian Chobanu xalqimizga Navro‘zi olam ba...

So`nggi yangiliklar