Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Bosh konsullik tomonidan bo‘lajak umumxalq referendumiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

 NOVOSIBIRSK, 26-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi tomonidan joriy yil 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy tadbir – umumxalq referendumiga bag‘ishlangan on-line targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda hududda faoliyat ko‘rsatadigan o‘zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari, faol vatandoshlar, professor-o‘qituvchilar, tadbirkor va ishbilarmonlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohot O‘zbekistonning kelgusida ham barqaror taraqqiy etishiga, xalqimiz farovonligi yuksalishi, yurtimizning yana-da obod bo‘lishi va Vatanimizning dunyodagi obro‘-eʼtibori yana-da ortishiga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Muloqotda, shuningdek, Zabaykal va Krasnoyarsk o‘lkalari, Omsk, Tomsk hamda Kemerovo viloyatlaridagi o‘zbek jamoat birlashmalari   rahbarlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jumladan, Zabaykal o‘lkasi “O‘zbekiston xalqi kengashi” xududlararo jamoat birlashmasi rahbari, Zabaykal davlat gumanitar-pedagogika universiteti professor-o‘qituvchisi Toxir Madiyorov mamlakatimizdagi islohotlar, O‘zbekistonning xorijdagi vatandoshlar hamda mehnat migrantlari huquq-manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi faol saʼy-harakatlari o‘z natijasini berayotganligini qayd etdi.

Tadbir yakunida barcha vatandoshlar joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Xitoyn...

Mamlakatimiz elchixonasi vakillari Xitoyning Chendu shahrida (Sichuan provinsiyasi) taʼlim...

Janubiy Koreyaning nufuzli gazetasida ya...

Janubiy Koreyaning kunlik nufuzli bosma nashrlaridan biri «The Korea Herald» gazetasida O‘...

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixona...

Mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasida Indoneziya ekspert-tahliliy va ishbilarmon doir...

So`nggi yangiliklar