Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Bosh konsul G‘arbiy Qozog‘iston agrar-texnika universiteti rektori bilan O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish nuqtasini ochish masalalarini muhokama qildi


OQTOV, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsuli Otabek Tursinbekov G‘arbiy Qozog‘iston agrar-texnika universiteti rektori Asqar Nametov bilan  videokonferensiya formatida mulqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh konsul universitet rektorini 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishtirdi. Shuningdek, 14-20 oktabr kunlari Oqtov, Atirau, Uralsk va Aktobe shaharlarida muddatidan oldin ovoz berish tashkil etilishini maʼlum qildi.

Asqar Nametovning maʼlum qilishicha, bugun kunda ushbu universitetda 100 nafardan ziyod o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.

Muloqot chog‘ida tomonlar 16 oktyabr kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Uralsk shahri,  Jahongirxon ko‘chasi, 51-uyda joylashgan universitetning maʼmuriy binosida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan talabalarning saylovda ishtirok etishi uchun muddatidan oldin ovoz berish nuqtasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

16 oktyabr kuni Uralsk shahridagi Qozog‘iston xalq assambleyasi binosida ham oldin ovoz berish nuqtasi tashkil etiladi.

Asqar Nametov muddatidan oldin ovoz berishda o‘zbek talabalarining faol ishtirokini tashkil etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddati...

«2016 yildagi O‘zbekiston Prezidenti saylovida 53 mingdan ortiq fuqaro, 2019 yildagi Oliy ...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi bo‘lajak Prezident sayloviga konsullik okrugi hudu...

Olma-otada vatandoshlarimiz O‘zbekiston ...

Kecha mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika...

So`nggi yangiliklar