Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyun/2021   O’zbekiston dunyo nigohida

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston islohotlarning yuqori sur’ati va ko‘lami sababli xalqaro hamjamiyat e’tibori markazida turibdi

BRYUSSЕL, 3 iyun. /«Dunyo» AA/. «Artificial Intelligence 4 Development Agency» (AIDA) Yevropa portalida Belgiyaning «Diplomatic World Institute» tahliliy markazi loyiha menejeri Alberto Turkstraning «O‘zbekiston: innovatsion iqtisodiyot tongi» sarlavhali maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA AA muxbiri.


Muallif O‘zbekiston 2016 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida boshlangan islohotlar sur’ati va ko‘lami sababli xalqaro hamjamiyat e’tibori markazida turibdi, deb ta’kidlagan. «Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan besh yil o‘tib mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqdi. Uning keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga O‘zbekiston iqtisodiy o‘zgarayotgani va modernizatsiya qilinayotgani haqidagi optimistik tahlillar hamrohlik qildi. «The Economist» jurnali 2019 yilda O‘zbekistonni “yil mamlakati”, deb tan oldi», - deb yozadi Alberto Turkstra.

Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston rahbarining topshirig‘iga binoan, asosiy vazifalari «Raqamli O‘zbekiston-2030» milliy strategiyasini keng joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, raqamli texnologiyalar va sun’iy aql markazlarini rivojlantirish uchun maxsus Ilmiy-tadqiqot instituti yaratilgani, sun’iy aql texnologiyalari asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun ilmiy ekotizim shakllanayotgani ta’kidlangan.

«Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi atigi 2,2 foizni tashkil etadi (AQSHDA 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foiz), - deyiladi nashrda. - Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot ulushini 30 foizga yetkazish kerakligini ochiq-oydin aytib o‘tdi. Buning uchun xususiy sektorni jalb qilinadi va ushbu tarmoq raqamli iqtisodiyotda yetakchi o‘rinni egallaydi».

Mavzuga oid

Eron ommaviy axborot vositalari Yangi O‘...

Eronda ingliz tilida chop etiladigan «Iran News» gazetasida Yangi O‘zbekistonda mehnat mun...

IHT Axborot agentliklari ittifoqi Saudiy...

Islom hamkorlik tashkilotining Axborot agentliklari ittifoqi (Union of News Agencies – UNA...

“Janub-Janub” barqaror rivojlanish bo‘yi...

YUNESKOning rasmiy hamkori - “Janub-Janub” barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik kenga...

So`nggi yangiliklar