Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston-Vengriya hamkorligining sarmoyaviy yo‘nalishi har ikki davlat manfaatlariga birdek javob beradi

BRYUSSEL, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. «New Europe» nashri muharriri Federiko Grandesso O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi natijalari haqida quyidagi  fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifini ijobiy baholayman. Tashrif davomida Bosh vazir Viktor Orban va hukumatning siyosiy va iqtisodiy bloklari vakili bo‘lgan boshqa rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Vengriya O‘zbekiston uchun savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi hamkorlik nuqtai nazaridan muhim davlat hisoblanadi. O‘zaro hamkorlikning sarmoyaviy komponenti har ikki davlatning manfaatlariga birdek javob beradi.

Maʼlumki, Vengriya kompaniyalari va bank jabhasi vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu juda muhim, chunki ushbu tarmoqlar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi ochiqlik va hamkorlikka qiziqish yana-da ortganidan dalolat bermoqda. Mening fikrimcha, ikki tomonlama hamkorlik ko‘lamini, jumladan, shartnomaviy-huquqiy bazani yana-da mustahkamlash orqali kengaytirish zarur.

Mavzuga oid

Lord Jon Veyverli: Prezident Shavkat Mir...

Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi Jon Veyverli

Toshkent konferensiyasi terrorizmga qars...

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Mahavir Singvi Toshkentda o‘tkazilga...

Bosh prokuratura: «Sardoba» suv ombori t...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishiga oi...

So`nggi yangiliklar