Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

Belgiyadan munosabat: Gerbimizda xalqimizning buyuk davlat barpo etish g‘oyasi va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi o‘z ifodasini topgan

BRYUSSEL, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yillik bayrami munosabati bilan mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbekiston gerbining ahamiyati va xususiyalari» mavzusida tadbir tashkil qilindi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.


Tadbirda Belgiyada yashaydigan, turli xususiy va xalqaro tashkilotlarda ishlaydigan vatandoshlar, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamda xorijlik o‘zbek tili ixlosmandlari qatnashdi.

Anjumanda o‘zbek diplomatlari Davlat gerbi qabul qilingan kunga o‘ttiz yil to‘lgani munosabati bilan yig‘ilgan barcha vatandoshlarni, vakolatxona xodimlarini tabriklab, gerbimiz g‘ururimiz va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzi ekanini, har bir vatanparvar yurt vakilining qalbida unga nisbatan chuqur mehr va hurmat jo‘sh urishini taʼkidlab o‘tdi.

Ishtirokchilarga Davlat gerbi qabul qilingan kun, gerbda aks etgan ramzlar hamda bugungi kunda mamlakatimizda va jahon arenalarida tutgan o‘rni xususida maʼlumotlar berildi.

Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O‘zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o‘ziga xos tarzda ifoda etilgani qayd etildi.

O‘zbekiston gerbining 30 yillik bayramini Yevropanining markazida nishonlash katta tarixiy voqealigi taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabriklab, Davlat gerbining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati o‘zining fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

 Abdurauf Jo‘raxolov, Antverpen universiteti professori:

- Davlat garbi va ramzlari bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davrlar bilan tarixan bog‘liqligini hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujasamlashtirgan. Xalqimizning buyuk davlat barpo etish g‘oyasi salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi eng avvalo davlat ramzlari va timsollarida o‘z ifodasini topgan.

Gerb o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham dunyo mamlakatlaridagi ko‘plab elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida gerbimiz O‘zbekiston ramzi bo‘lib turibdi.

Baxtigul Imomova, ilmiy tadqiqotchi:

- Bugun gerbimiz faqatgina O‘zbekiston davlat ramzi emas, u shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylandi. Dunyoning qaysi burchida bo‘lmang, bu gerb ona yurt nafasini dimoqqa uradi, qadrdon Vatanni yodga soladi.

Mavzuga oid

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik hom...

9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk bobokalon...

Tug‘luq Temurxon bilan uchrashganimdan s...

1336 yil 9 aprel kuni yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat as...

So`nggi yangiliklar